» » Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati tanqid qilindi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati tanqid qilindi


26-iyul kuni Qurolli Kuchlar akademiyasi majlislar zalida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2018-yil 1-yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashining raisi Iqboljon Mirzaaliyev, mudofaa vazirining harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, kengashning okruglardagi vakillari hamda boshqa a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev 2018-yil 1-yarim yilligi davomida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi vazifalar borasidagi ma’ruzasi bilan yig‘ilishni ochib berdi. Jamoatchilik kengashi raisi O‘zbekiston Prezidentining mudofaa va xavfsizlik borasidagi topshiriqlari monitoringini yuritish, bu orqali amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy ongini shakllantirishda tadbirlarni tizimli ravishda o‘tkazishni taklif qildi.

Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga oid hisobotlar tinglandi.

Jamoatchilik kengashining Qashqadaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatidagi vakillari birma-bir so‘zga chiqib, mavjud muammolar yuzasidan fikr bildirdi, yig‘ilish ishtirokchilari amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘z mulohazalarini so‘zladi.

Yig‘ilishda Kengash va uning mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlarda, asosan, kam sonli a’zolargina faollik ko‘rsatayotgani tanqid qilinib, bunga nisbatan keskin choralar ko‘rish taklifi bildirildi. So‘nggi vaqtlarda Jamoatchilik kengashi a’zolari asosan bayramlar munosabati bilan harbiy qism va muassasalarga tashrif buyurayotganligi, Kengash nizomida belgilangan talablar va kengash tomonidan yil boshida qabul qilingan reja tadbirlarining bajarilishiga, umuman Jamoatchilik kengashi faoliyatiga barcha a’zolarning birdek yondashmayotganligi kuzatilayotgani ta’kidlandi.

Bu holatda achinarlisi, ayrim kengash a’zolari shu kengashning xattoki a’zosi ekanligini unutib quyishgan, kengash faoliyatida umuman ishtirok etmaydi, o‘zining ishga ko‘milib ketganligini, umuman vaqti yo‘qligini bildirishadi.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish mavzusi ham muhokama etildi.

Tadbir yakunida Jamoatchilik kengashining eng faol va jonkuyar a’zolariga Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti (hozirgi Qurolli Kuchlar akademiyasi)ning 100 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishonlari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют