» » Mudofaa vazirligi va Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Mudofaa vazirligi va Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Mudofaa vazirligi bilan Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida harbiy xizmatchilarning ma’naviyatini oshirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi hamda “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi faoliyatni kuchaytirish hamda tizimli ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Said va Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Xolmuhammedov ishtirok etdi.

Harbiy xizmatchilar va yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi yo‘nalishida keng miqyosda tadbirlar uyushtirish, ularning ma’naviy va ma’rifiy bilimlarini oshirish hamda mumtoz va zamonaviy adabiyotning eng sara namunalari mazmun-mohiyatini tushuntirib borish maqsadida Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugungi ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollarini belgilash bo‘yicha imzolangan hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda bilimi va ma’naviyatini oshirish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirib, harbiy qism va oliy harbiy ta’lim muassasalarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, xususan, “Temurbeklar maktablari”da tizimli ravishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida hamkorlik qiladilar.

Shu munosabat bilan Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari hamda Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik ishlari o‘rnatilib, mas’ul shaxslarning ro‘yxati shakllantirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют