» » O‘zbekiston mudofaa vaziri: Afg‘onistonda terrorchilar harakat qilmoqda. O‘zbekistonni asrab-avaylashimiz kerak

O‘zbekiston mudofaa vaziri: Afg‘onistonda terrorchilar harakat qilmoqda. O‘zbekistonni asrab-avaylashimiz kerak


14-noyabr kuni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va mamlakat Mudofaa vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Memorandum harbiy qism va muassasalarda Ittifoqning boshlang‘ich tuzilmalarini tuzish, harbiylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yosh harbiy xizmatchilarning, jumladan, chaqiruvga qadar yoshlarning turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi mustahkam immunitetini shakllantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida, hududlarda “Jasorat” klublari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Yoshlar poyezdi” aksiyasida harbiylar ishtirokini ta’minlash, xizmatni o‘tagan yoshlar bilan uzluksiz aloqani yo‘lga qo‘yish, xizmatdan qaytgan yigitlarning bandligini ta’minlash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

“Memorandumning imzolanishidan ko‘zlangan maqsad — yoshlarimizda mamlakatga nisbatan vatanparvarlik hissini shakllantirishdir. Biz yoshlarga yaqinroq bo‘lish va ular bilan birga ish olib borish maqsadida bu bitimni imzoladik”, — dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov.

“Biz O‘zbekistonni asrab-avaylashimiz kerak, chunki jahondagi vaziyat murakkab, qo‘shni Afg‘onistonda xalqaro terrorchilik guruhlari harakat qilmoqda. Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik qilarkanmiz, O‘zbekistonning mustaqilligini birgalikda himoya qila olamiz — bizda davlatni muhofaza qilishdan boshqa vazifa yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют