» » Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati tanqidiy baholandi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati tanqidiy baholandi


Qurolli Kuchlar akademiyasida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2018-yil birinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Yig‘ilishda mudofaa vazirining harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov, kengash a’zolari va uning mintaqaviy bo‘linmalari raislari, harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonligi va shaxsiy tarkib bilan bevosita ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ishlarni tashkillashtirish uchun ma’sul bo‘lgan ofitserlar ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda kengash va mintaqaviy bo‘linmalari faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda kengash oldida turgan vazifalar, Yosharni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’ruzalar tinglandi. Unda Jamoatchilik kengashining ayrim a’zolari hamda mintaqaviy bo‘linma a’zolarining faoliyati tanqidiy nuqtai nazardan baholandi. Kengash nizomi va qabul qilinayotgan rejalar hamda boshqa hujjatlarda kengash a’zolarining vazifalari belgilangan bo‘lsada, ular tomonidan tashabbus bilan harbiy qismlarda tadbirlar o‘tkazilmagani, faqatgina taklif asosida Qurolli Kuchlar hayotidagi muhim voqealarga qatnashib kelinayotgani ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning Mintaqaviy bo‘linmalarining faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar belgilandi.

Ma’lumot o‘rnida: Jamoatchilik kengashi Mudofaa vazirligi faoliyatining ochiqligini, oshkoraligini ta’minlash, davlatning mudofaa va harbiy qurilish sohasidagi siyosatini amalga oshirish, rivojlantirishga fuqarolar va jamoat birlashmalarini jalb qilish, harbiy kasb nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilar hamda chaqiriqqacha bo‘lgan yoshlarning ma’naviy-axloqiy, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini shakllantirish singari ustuvor maqsadlarga xizmat qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют