» » O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda senator Rojer Uiker bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda senator Rojer Uiker bilan uchrashdi


25-iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Vashington shahrida Missisipi shtatidan saylangan senator, AQShning Xelsinki komissiyasi raisi Rojer Uiker bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Suhbat davomida O‘zbekiston–AQSh kun tartibidagi qator masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston—AQSh parlamentlararo muloqotini hamda inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi hamkorlikni davom ettirish va kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Rojer Uiker Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida erishilgan O‘zbekistondagi jiddiy yuksalishni qayd etdi. Vashington shahrida o‘tkazilayotgan Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonni taklif etish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan senator O‘zbekistondan nufuzli delegatsiyasining forumda qatnashishini ijobiy baholadi va davlatimizdagi hayotning barcha jabhalarini yanada demokratlashtirishga qaratilgan va siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatladi.

Senator Rojer Uiker AQSh Senatining yaqinda qabul qilingan qarori mualliflaridan biri bo‘lib, ushbu qarorda 2016-yil dekabr oyida O‘zbekistondagi Prezident saylovidan buyon e’tiqod erkinligi sohasini yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan choralar, jumladan BMTning din masalalari bo‘yicha maxsus vakili tavsiyalarini bir yil davomida amalga oshirish bo‘yicha Oliy Majlis palatalari ma’qullagan “Yo‘l xaritasi” yuqori baholanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют