» » O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh kongressi vakillar palatasi a’zosi bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh kongressi vakillar palatasi a’zosi bilan uchrashdi


25-iyul kuni Diniy erkinliklarni ilgari surish masalalariga bag‘ishlangan vazirlar konferensiyasida ishtirok etish uchun Vashington shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Trent Kelli bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida har taraflama O‘zbekiston—Amerika muloqotini rivojlantirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va AQSh parlamentariylari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston rahbari bilan uchrashgan kongresmenlar guruhi tarkibida bo‘lgan Trent Kelli Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlardagi ijobiy tendensiyani qo‘llab-quvvatlashga qiziqishini tasdiqladi.

Kongressmen O‘zbekiston va AQSh, jumladan o‘zi saylangan Missisipi shtati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida paxtachilik, qishloq xo‘jaligiga kadrlar tayyorlash va qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish qayd etildi.

Muzokaralar davomida alohida e’tibor parlamentlararo aloqalarni yanada faollashtirishga qaratildi. Kongress delegatsiyasining O‘zbekistonga 2017-yil noyabrdagi tashrifiga rahbarlik qilgan kongressmen Trent Kelli O‘zbekiston va AQSh parlamentlari o‘rtasidagi tashriflar almashinuvi amaliyotini davom ettirish, shuningdek, ikki mamlakat qonunchilik organlarida do‘stlik guruhlarini yaratish orqali dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishni kengaytirishga qiziqish bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют