» » O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda AQSh savdo vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonda AQSh savdo vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi


Ayni vaqtda AQShning Vashington shahrida bo‘lib turgan Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy ivestitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Alisher Qurmonov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi AQSh savdo vaziri o‘rinbosari Erin Volsh bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar 20-sentabrda prezident Shavkat Mirziyoyevning Nyu-York shahriga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan AQSh-O‘zbekiston biznes forumida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qo‘yilgan qadamlarni muhokama qildi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasining ma’lumotlariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Amerika kompaniyalarining mamlakatda qabul qilingan rivojlanish dasturi va sanoat sohasini modernizatsiya qilishdagi ishtirokini ta’minlash ikki tomonlama manfaatli ekanligi qayd etildi.

Ikki tomonlama investitsion va savdo munosabatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va AQSh vakillari o‘rtasida rasmiy va amaliy uchrashuvlarni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют