» » Toshkent shahar IIBB YHXB ma’muriy choralarning yangi tartibini sinovdan o‘tkazmoqda

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’muriy choralarning yangi tartibini sinovdan o‘tkazmoqda


Toshkent shahar IIBB YHXB yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan qo‘llaniladigan ma’muriy choralarning yangi tartibini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Bu haqda shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan xabar qilishlaricha, tizimga yangi texnologiyalarni joriy etish yaxshi samara bermoqda. Xususan, ilgari yo‘l-patrul xizmati xodimi qoidabuzar haydovchiga nisbatan haydovchilik huquqidan mahrum etishni nazarda tutuvchi yo‘l qoidasini buzganlik to‘g‘risida bayonnoma tuzib, uning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yganidan so‘ng, haydovchi kvitansiya olish uchun yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati bo‘limiga borishga majbur bo‘lar edi. Haydovchi jarima to‘laganidan so‘nggina, hujjatini qaytarib olardi. Bularning barchasi odamlardan ko‘p vaqt talab etar, ortiqcha ovoragarchilikka sabab bo‘lar edi.

Yangi tartibga ko‘ra, endi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzilganidan so‘ng, yo‘l patrul xizmati inspektori uni Toshkent IIBB YHXB ma’muriy amaliyot bo‘limining Kompleks avtomatlashgan axborot tizimiga kiritadi. Bu tizim orqali elektron hujjat avtomatik ravishda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatiga yuboriladi. Shundan so‘ng, pochta xizmati xodimlari qoidabuzarning uyiga billing tizimi orqali jarima to‘lashda zarur bo‘lgan kod ko‘rsatilgan jarima xatini keltirib beradi.

Billing tizimi orqali jarima to‘lovlarini istalgan bank muassasasida pos-terminal yoki elektron to‘lov tizimi yordamida amalga oshirish mumkin. Yuqori darajadagi axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida to‘lov identifikatorning noyob raqami — kod asosida amalga oshiriladi. Bunda hech qanday kvitansiya to‘ldirish kerak bo‘lmaydi, to‘lov dalili sifatida chek-order beriladi.

To‘lovni 15 kun ichida amalga oshirish talab etiladi. Belgilagan muddat tugaganidan so‘ng ham jarima to‘lanmasa, qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga taqdim etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют