» » Avtomobil ijarasi haqidagi shartnomaga notarial tasdiq talab qilinmaydigan bo‘ldi

Avtomobil ijarasi haqidagi shartnomaga notarial tasdiq talab qilinmaydigan bo‘ldi


Prezident tomonidan “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Xususan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq endilikda avtomototransport vositalarini 30 kungacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish shartnomalarini notarial tasdiqlash shart emas.

Yengil avtomobil va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar jismoniy shaxslar bilan 30  kungacha bo‘lgan muddatga ijara haqidagi shartnomani oddiy yozma shaklda tuzishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют