» » Tashkent City hududida besh yulduzli The Ritz-Carlton mehmonxonasi quriladi

Tashkent City hududida besh yulduzli The Ritz-Carlton mehmonxonasi quriladi


The Ritz-Carlton Hotel Company Tashkent City hududidagi loyihalardan birida ishtirok etadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Besh yulduzli otel Murad Buildings kompaniyasi tomonidan qurilayotgan 200 metrlik osmono‘par bino ichida joylashadi.

Kompaniya mehmonxonani boshqarish va xizmatlar taqdim etishni o‘z zimmasiga olishi bildirilmoqda.

The Ritz-Carlton “lyuks” toifasidagi mehmonxonalar xalqaro tarmog‘i bo‘lib, shtab-kvartirasi Merilend shtatida (AQSh) joylashgan. Tarmoqni boshqaruvchi The Ritz-Carlton Hotel Company dunyoning yirik shaharlarida 90 dan ortiq mehmonxonaga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют