» » Saudiyalik shahzodalar besh yulduzli qamoqxonadan chiqarib yuborildi

Saudiyalik shahzodalar besh yulduzli qamoqxonadan chiqarib yuborildi


Saudiya Arabistonida korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olingan va ar-Riyoddagi Ritz Carlton besh yulduzli mehmonxonasida ushlab turilgan barcha yuqori mansab egalari va biznesmenlar qo‘yib yuborildi. Bu haqda 30-yanvar, seshanba kuni Reuters agentligi ma’lum qildi.

Yaqin vaqt ichida mehmonxona normal rejimda ishlay boshlashi ta’kidlanmoqda.

Saudi Bunladin Group kompaniyasi rahbari Bakr bin Laden va uning qarindoshlari ozodlikka oxirgilardan bo‘lib chiqarilganligi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 5-noyabrida 11 nafar shahzoda, to‘rt nafar amaldagi va o‘nlab sobiq vazir qo‘lga olingan edi. 22-yanvar kuni ular 100 milliard dollar to‘lagan taqdirda hukumat ularni ozod qilish va hibsga olingan shahzodalardan barcha ayblovlarni olib tashlashga tayyor ekanligini bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 137) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют