» » “O‘zbekenergo” tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun mehnat yarmarkasini tashkil etdi

“O‘zbekenergo” tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun mehnat yarmarkasini tashkil etdi


“O‘zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur yarmarkada “O‘zbekenergo” AJ tizimiga kiruvchi Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan mingdan ortiq vakant ish joylari bilan qatnashdi.

Korxonalar yoshlarga yaratilgan sharoitlar, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish mexanizmlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazishdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘tkazilayotgan mazkur yarmarkada nomzodlar shu yerning o‘zida ish beruvchilar tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ishga qabul qilishga tavsiya etiladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar barcha hujjatlarni taqdim etganlaridan so‘ng ma’lum muddatda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Hozirda yarmarkada respublika bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga 1500 nafardan ortiq nomzodlardan ariza kelib tushdi. Murojaatlar tez kunda o‘rganilib, barcha ish o‘rinlariga yosh mutaxassislar qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 11:53)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 120) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют