» » Erdo‘g‘on AQSh F-35 samolyotlarini yetkazib berishni to‘xtatishi oqibatlaridan ogohlantirdi

Erdo‘g‘on AQSh F-35 samolyotlarini yetkazib berishni to‘xtatishi oqibatlaridan ogohlantirdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on agarda rasmiy Vashington F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermaydigan bo‘lsa, Anqara xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilishini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda AQSh Turkiyaga F-35 samolyotlarini yetkazib bermasa, mamlakat xalqaro arbitrajga murojaat qiladi.

U shuningdek, F-35 samolyotlarining “muqobili” borligini ham qayd etib o‘tdi.

Avvalroq OAV AQSh kongressi Anqara Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olishi tufayli Turkiyaga F-35 qiruvchilarini yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganini xabar qilgandi.

Qayd etilishicha, bu Qo‘shma Shtatlarning 2019-yilgi harbiy byudjeti so‘nggi talqiniga tegishli tuzatishlar kiritish orqali joriy etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют