» » “O‘zavtosanoat” AJ raisi avtomobillar narxining nima sababdan 14 foizga oshishini izohladi

“O‘zavtosanoat” AJ raisi avtomobillar narxining nima sababdan 14 foizga oshishini izohladi


30-iyul kuni Xalqaro press klubning “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati, sohada amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar hamda kompaniyaning kelgusidagi istiqbolli rejalariga bag‘ishlangan sessiyasi o‘tkazildi. Unda “O‘zavtosanoat” AJ rahbar va xodimlari, o‘rinbosarlari, ekspertlar, tizimdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, dilerlik markazlari rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Quyida “O‘zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umurzoqovning ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblarini taqdim etamiz.

Avtomobillar narxi nima sababdan oshirildi?

“1-avgustdan narxlar oshishi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganidan keyin turli muhokamalar, noroziliklar bildirilayapti. Men bu noroziliklarni o‘zimga bo‘lgan qattiq e’tiroz deb qabul qilaman. Kerak bo‘lsa, biz kechasi bilan jamoamiz bilan o‘yladik va narxlar oshirilishi sababini biz xalqqa yetkazishimiz kerak, degan qarorga keldik”, — deydi “O‘zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umurzoqov.

 “O‘zavtosanoat” AJ raisi mashinalar narxi nima sababdan aynan 14 foizga qimmatlashganiga quyidagicha izoh berdi:

Moliyaviy inqiroz

Butun dunyoda kuzatilayotgan moliyaviy inqiroz ta‘sirlaridan hali chiqib ketolganimiz yo‘q. Chunki, o‘zi boshidan bu tizim boshidan sog‘lom raqobatga chidaydigan tizim yaratilmagan edi.

Ikki xil valyuta kursi. Dollar birga bir ko‘tarildi. Lekin avtomobillar narxi 50 foiz ko‘tarilmadi. 50 foiz ehtiyot qismlari valyutaga keladi.

Korrupsiyalashtirilgan holat.

Avto injiniring bizda umuman rivojlanmagan

Bu holatlar 22 yil davom etganidan keyin u surunkali kasallikka o‘xshab qolgan. Uni birdaniga shok holatida davolab bo‘lmaydi. Sababi, umuman bu sohani yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Bu soha bizga juda ham kerakli, xalq uchun xizmat qiluvchi va daromad keltiruvchi soha.

Hozirda “O‘zavtosanoat”da kamqonlik kuzatilmoqda. Ya’ni mablag‘ yetishmasligi bois, ishlab chiqarish quvvati kamayib ketgan. Butlovchi qismlarni yetkazib berayotgan kompaniyalar ham kreditda o‘tirgani bois, ular yetkazib berayotgan qismlarning narxida ham 10—15 foiz ustama haq mavjud. Biz ularni ham davolashimiz kerak. Men sizlarga va’da beraman, keying yildan e’tiboran avtomobillar narxlarida chegirmalar qilamiz, narxlarni pasaytirishga harakat qilamiz. Lekin hozirda sizlardan iltimos, Facebook’da yozgan barcha e’tirozingizni men qabul qilaman, to‘ppa-to‘g‘ri deb bilaman. Keyingi yili hammasi o‘zgaradi. Sizlar buni sezasizlar!.

Shavkat Umurzoqov, “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi 

Mavzuga doir: “O‘zavtosanoat” raisi: 1-avgustdan avtomobillar narxi o‘rtacha 14 foizga oshiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют