» » “O‘zavtosanoat” AJ raisi: Yil oxiriga qadar avtomobil ishlab chiqarish 9 foizga arzonlashadi

“O‘zavtosanoat” AJ raisi: Yil oxiriga qadar avtomobil ishlab chiqarish 9 foizga arzonlashadi


30-iyul kuni Xalqaro press klubning “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati, sohada amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar hamda kompaniyaning kelgusidagi istiqbolli rejalariga bag‘ishlangan sessiyasi o‘tkazildi. Unda “O‘zavtosanoat” AJ rahbar va xodimlari, o‘rinbosarlari, ekspertlar, tizimdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, dilerlik markazlari rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

“O‘zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umurzoqovning ta’kidlashicha, yil oxiriga qadar avtomobil butlovchi qismlarining narxi 20 foizga arzonlashadi, bu esa avtomobil ishlab chiqarish narxining 9 foizga arzonlashishiga olib keladi.

“Avtosanoatning bugungi holatini gapirib o‘tishimiz kerak. Asaka zavodi bizning tovar aylanmamizning qariyb 90 foizini tashkil qiladi. Zavodimiz yiliga 290 mingta mashina ishlab chiqarishi mumkin. Men kelganimda bu ko‘rsatkich 160-170 mingtani tashkil qilgan. Hammaga ma’lumki, o‘z quvvatining faqat 50 foiziga ishlagan zavod ishlab chiqargan mahsulotning tannarxi yuqori bo‘ladi. Bu xaridorlarning cho‘ntagiga ta’sir ko‘rsatadi va chet elga mahsulot eksport qilish salohiyatimizni yo‘qqa chiqaradi. Bugungi kunda biz avtomobillarimizni chet elga eksport qilishimiz uchun, biz ularning tannarxini 30 foizga tushirishimiz kerak.

Biz birinchi qilgan ishimiz, bu GM tarixida bo‘lmagan, butlovchi qismlar narxini 20 foizgacha tushirishga kompaniyalar bilan kelishib oldik. Buni birdaniga qilib bo‘lmaydi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Sababi, hozir biz ularga birdaniga narxni 30 foizga tushirasan, desak, ularni batamom o‘ldirib qo‘yishimiz mumkin. Sababi, ularning barchasi kreditda o‘tirgan tashkilotlar. Avtomobillar yana tanqis bo‘lib qoladi, buni biz to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Kompaniyalarning hammasi kreditda o‘tiribdi. Bularning barchasi butlovchi qismlarga tushadi, butlovchi qismlar zavodga boradi, shu tarzda zavodda narx ko‘tariladi. Bu avtomobillarning qimmatlashishining bitta sababi.

Shu tarzda avtomobil butlovchi qismlarining narxini yil oxiriga qadar 20 foizga arzonlashtirishga erishamiz. Bu esa o‘z navbatida, avtomobillarning ishlab chiqarish narxi 9 foizga arzonlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, avtomobillar ishlab chiqarishni 220 mingtaga ya’ni hozir qo‘shimcha yil oxirigacha avtomobil ishlab chiqarishni 140 mingtaga ko‘paytiramiz”, — deydi Shavkat Umurzoqov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют