» » “O‘zavtosanoat” rahbari Turin politexnika universiteti faoliyatini tanqid ostiga oldi

“O‘zavtosanoat” rahbari Turin politexnika universiteti faoliyatini tanqid ostiga oldi


30-iyul kuni Xalqaro press klubning “O‘zavtosanoat” AJ faoliyati, sohada amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar hamda kompaniyaning kelgusidagi istiqbolli rejalariga bag‘ishlangan sessiyasi o‘tkazildi. Unda “O‘zavtosanoat” AJ rahbar va xodimlari, o‘rinbosarlari, ekspertlar, tizimdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, dilerlik markazlari rahbarlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Sessiyada spiker sifatida ishtirok etgan “O‘zavtosanoat” AJ raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekistonda avtomobilsozlik va avto injiniring sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash tizimidan qoniqmasligini ma’lum qildi.

“Biz avtosanoatga qiziqadigan iqtidorli yoshlarimizni chet chiqib ketishining oldini olib shu yerda olib qolishimiz kerak.

Men xorijiy mamlakatlarning avtomobilsozlik sohasida ta’lim berish tajribasini o‘rgandim. Germaniya, Yaponiya kabi mamlakatlarda avtomobilsozlik institutlarida 70 ta maxsus fan bor. Bizda Turin universitetini hamma maqtaydi. Shaxsan o‘zim ushbu OTM faoliyatini o‘rganganimda ta’lim sifatidan qoniqmadim. Universitetda bor-yo‘g‘i 10 tagina fan o‘qitiladi. Ularning ham hammasi nazariy. Asosiy fanlar bo‘yicha bizda darsliklar yo‘q. Amaliy-tajriba mashg‘ulotlar o‘tilmaydi.

Ushbu ta’lim dargohida o‘zgratirishlar qilishni men rejalashtirmoqdaman. Bizda sohaning kuchli mutaxassislari bo‘lmasa, universitetlarda talabalarga kim bilim beradi? Men kuchli mutaxassislarni jalb qilish uchun mablag‘ topaman, buning uchun biz ishlashimiz kerak. Bu xaridorlarning aybi emas, balki bizda tizim yillar davomida notog‘ri tashkil qilingani”, — deydi Shavkat Umurzoqov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют