» » Toshkentdagi Turin politexnika universiteti haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobil loyihasini tayyorlayapti

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobil loyihasini tayyorlayapti


Toshkentdagi Turin universiteti “O‘zavtosanoat” buyurtmasi asosida haydovchisiz harakatlanuvchi birinchi o‘zbek avtomobili loyihasini tayyorlayapti. Bu haqda 31-may, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov ma’lum qildi.

Salimovning qayd etishicha, Turin politexnika universitetida ishlab chiqilayotgan haydovchisiz avtomobil loyihasi “O‘zavtosanoat” va kompaniyaning Rossiyadagi ikki hamkori tomonidan moliyalashtirilyapti.

“Albatta, bu juda murakkab mavzu. Lekin bu yo‘nalishda ham ish olib boryapmiz”, — deya qo‘shimcha qildi Umidjon Salimov.

Avvalroq “O‘zavtosanoat” O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha respublika konsepsiyasini tayyorlayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: “O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib boryapti. Bir oy ichida sinov uchun ikki elektrokar Toshkentga keltiriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют