» » “O‘zavtosanoat” avtomobillarni sotish tizimini to‘la qayta tashkil etadi

“O‘zavtosanoat” avtomobillarni sotish tizimini to‘la qayta tashkil etadi


“O‘zavtosanoat” mamlakatda GM Uzbekistan yengil avtomobillarini sotish tizimini to‘liq qayta tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 31-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kompaniya boshqaruv raisi Umidjon Salimov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Maqsad quyidagicha: mijoz keladi, mashina uchun pul to‘laydi va uni shu zahoti olib ketadi — biz birinchi navbatda mana shuni ta’minlashimiz kerak. Chunki, agar odam pulining 85 foizini to‘lasa, bu mashina uniki, zavodniki emas. Bizning vazifamiz — mijozni xarid chog‘ida avtomobil bilan ta’minlash. Bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha buning uchun yiliga 220—230 mingtadan ortiq hajmda avtomobil ishlab chiqarish kerak”, — dedi u.

Dilerlarda, bosh zavoddagi omborlarda va ombor zaxiralarida avtomobillarning bo‘lishi  — bularning barchasi ishlab chiqarishning umumiy hajmiga bog‘liq. O‘tgan yili GM Uzbekistan 140 247 ta avtomobil ishlab chiqargan, bu 2016-yildagidan 59 foizga ko‘proq. Eksportga 26,8 mingta avtomobil yuborilgan. “Biz hajmni ko‘paytiramiz”, — dedi Umidjon Salimov.

“O‘zavtosanoat” rahbari avtomobillar savdosi tizimida dilerlar faoliyati chet el tajribasi asosida qayta ko‘rib chiqilishini aytdi. “O‘zavtosanoat” Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar savdo tizimini mo‘ljallab ish tutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют