» » O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadaning bronza medali sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro olimpiadaning bronza medali sohibi bo‘ldi


2018-yilning 19—29-iyul kunlari o‘tkazilgan 50-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb yozadi O‘zA.

Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad — IChO) o‘quvchilar o‘rtasida kimo fani bo‘yicha o‘tkaziladigan eng muhim nufuzli xalqaro tadbir hisoblanib, unda har yili dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchi ishtirok etadi.

Joriy yilda Slovakiya poytaxti Bratislavada boshlanib, Chexiya poytaxti Pragada yakunlangan Xalqaro olimpiadada O‘zbekistondan to‘rt nafar o‘quvchi qatnashdi. Ulardan ikki nafari sovrindorlar qatoridan joy oldi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari Jaloliddin Aloviddinov va Dildora Hakimboyeva bronza medali sohibiga aylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют