» » Toshkentning Yugnakiy massivida 67 ta daraxt kesildi

Toshkentning Yugnakiy massivida 67 ta daraxt kesildi


Toshkentning Yugnakiy massivida 67 ta daraxt kesib tashlandi. Daraxtlarni kesish bundan 2 oy oldin boshlangan, deb yozmoqda “Potrebiteli.uz”.

“Potrebiteli.uz”ning ma’lum qilishicha, 31-iyul kuni hududda yaqindagina kesilgan 17 ta daraxtning kundasi aniqlangan. Qorasuv kanalining bo‘yidagi daraxtlar kesib tashlangan.

Bioinspeksiya rahbari Akmal Ismatov Yugnakiy massivida hech qanday daraxt kesishga ruxsat berilmagani haqida ma’lum qilgan. Vaholanki, qonunchilikka ko‘ra, Bioinspeksiya ruxsatisiz daraxt kesish jazoga tortiladi.

Voqea joyiga yetib kelgan bioinspeksiya rahbari Akmal Ismatov va inspektor Jamshid Qodirov kesilgan daraxtlar kundalarining diametrini o‘lchab, ularning turi va yoshini hujjatlarga qayd etgan.

— Biz daraxt kesishga hech qanday ruxsat bermaganmiz, — deydi Akmal Ismatov. — Bizga hech kim murojaat ham qilgani yo‘q. Shuncha daraxtni kesib tashlash aqlga sig‘maydi. Biz bunga ruxsat bermagan bo‘lar edik. Negaki bunga hojat ham yo‘q. Avtomobillar to‘xtash yerini qurish uchun shusiz ham joy yetarli edi.

Mahalliy aholining aytishicha, daraxt kesish uchun kelganlar hech qanday hujjat taqdim qilmagan va o‘zlarini hukumat vakillari deb tanishtirgan. Shu yerda istiqomat qiluvchi Lyudmila Glumova daraxtlarning kesilishiga norozilik bildirgan, biroq unga hech kim quloq solmagan.

Mirzo Ulug‘bek tumani jamoatchilik kengashi vakili Nailya Garifullina guvohlarning ko‘rsatmalarini yozib olgan va ularni tuman hokimligiga taqdim qilish uchun hujjatlashtirgan.

“Aktda 17 ta daraxtning kesilgani qayd qilingan, negaki aynan shuncha daraxtning kundasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. Aslida daraxtlar soni bundan ancha ko‘proq edi. Agar buni isbotlashga muvaffaq bo‘lsak, yetkazilgan zarar uchun jarima miqdori oshadi. Biroq buning uchun kesilgan daraxtlarning suratlari kerak. Ular esa yo‘q. Daraxtlardan qolgan kundalar yo‘q qilingan. Demak bu ishni qilganlar jinoyatga qo‘l urayotganini bilgan va o‘z qilmishining izlarini yo‘qotmoqchi bo‘lgan”, — deb yozmoqda “Potrebiteli.uz”.

Bioinspeksiya tomonidan hujjatlashtirilgan ma’lumotlar huquqshunoslarga topshirilgan. Jamoatchilik kengashi tomonidan prokuratura va Oliy Majlisga yuboriladigan xatlar tayyorlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют