» » Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda

Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda


O‘zbekiston qonunchiligida daraxt va butalarni kesishga bir nechta holatlardagina ruxsat berilgan. Agar daraxtlar qurigan va chirigan deb topilsa, ruxsatnomada daraxt kesilganligi uchun tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasiga pul to‘lanmaydi deb yoziladi. Agar daraxtni kesish qurilish sababli bo‘lsa, to‘lov ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Nuz.uz”.

Toshkentdagi Anhor bo‘yida noyabrda boshlangan daraxt kesish ishlari to‘lov olinadigan holatdir. Bu yerda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi vakili so‘zlariga ko‘ra, “Anhor-Lokomotiv” bog‘iga olib boradigan osma ko‘prik quriladi. Uning aytishicha, kompaniya jamg‘armaga Anhorning bir qirg‘og‘idagi daraxtlar kesilgani uchun 22 million, ikkinchi qirg‘og‘idagilar uchun 27 million so‘m to‘laydi.

“Paradoks, ammo O‘zbekistonning tabiat muhofazasi bo‘yicha bosh muassasasi daraxtlar kesilishidan manfaatdor. U daraxtlarni ekmagan va o‘stirmagan. Istirohat bog‘iga ko‘prik qurilishidan u 50 million so‘m pulni hadya sifatida oldi”, — deyiladi xabarda.

Maqolada ta’kidlanishicha, aynan mahalliy hukumat ko‘plab daraxtlar kesib tashlanadigan, yo‘l va boshqa obyektlar qurilishi chog‘ida buyurtmachi hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, aynan hokimlik daraxt kesish uchun ruxsatnoma beradi.

Noyabrda, shuningdek, Chilonzorning 11-dahasida ham daraxtlar birin-ketin kesila boshlagan. Maqola muallifi daraxt kesuvchilar orqali bu “mikrohokimning buyrug‘i bilan” amalga oshirilayotganidan xabar topgan. U Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha tabiiy hududlarni qo‘riqlash va bioxilma-xillikdan foydalanish ustidan nazorat inspeksiyasiga murojaat qilganida “mikrohokim” ruxsatnoma uchun murojaat qilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Inspeksiya chora ko‘rishga va’da berdi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют