» » O‘zbekistonlik talabaning Janubiy Koreya Immigratsiya xizmati tomonidan kaltaklanishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik talabaning Janubiy Koreya Immigratsiya xizmati tomonidan kaltaklanishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)


O‘zbekistonlik talabaning Janubiy Koreya Immigratsiya xizmati tomonidan kaltaklanishi aks etgan videolavha koreys jamiyatida keskin norozilikka sabab bo‘ldi. Bu haqida Yonhap va bir qator Janubiy Koreya OAVlari xabar qilmoqda, deb yozadi “Azon.uz”.

Hani nashrining xabarida aytilishicha, O‘zbekistondan borgan A.ismli magistratura talabasi iyul oyining 16-sanasida Kyongsang viloyatidagi Haman shaharchasida Immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan kaltaklanadi. Yaqin atrofdagi videokuzatuv kamerasiga muhrlanib qolgan lavha muhojirlar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan 31-iyul, seshanba kuni e’lon qilingach, bu voqea Janubiy Koreya jamiyatining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ko‘plab o‘zbekistonlik talabalar qatori 24 yoshli A. ham yozgi ta’tildan unumli foydalanib zavodga ishlagani boradi. Videolavhada daraxt soyasida dam olib o‘tirgan talabaning beshta notanish erkak tomonidan kaltaklanganini ko‘rish mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, talabani kaltaklaganlar Changvon Immigratsiya xizmati xodimlari bo‘lib, ular o‘sha kuni Janubiy Koreyada noqonuniy maqomda yurgan muhojirlarga qarshi reyd o‘tkazayotgan bo‘lgan.

Videolavhaga ko‘ra, ikki xodim talabaga yaqinlashib, kutilmaganda unga kuch ishlata boshlaydi. Talabaning “meni urmanglar” deb baqirishiga qaramay, xodimlar uni do‘pposlashda davom etishadi.

“Men ularning oldiga yaqinlashdim va qaroqchimisizlar, nega bunday kaltaklayapsizlar, deb e’tiroz bildirdim”, deydi voqea guvohlaridan biri.

MBC kanalining xabar berishicha, Immigratsiya binosiga olib kelingan o‘zbekistonlik talaba 5 kun tibbiy yordamsiz ushlab turilgan. U ta’lim oladigan Seul universiteti Changvon Immigratsiya xizmati nomiga o‘zbekistonlik talabaning ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat yo‘llagan. Shundan so‘ng unga ruxsatsiz ishlaganlik aybi bilan 500 000 von (3,5 million so‘m atrofida) jarima solingan va chiqarib yuborilgan.

Ayni damda o‘zbekistonlik talaba Changvon Immigratsiya Xizmati ustidan jinoiy da’vo arizasi kiritishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu haqida xabarni tasdiqlagan mahalliy immigratsiya xizmati rasmiysi “Reyd davomida ortiqcha jismoniy zo‘ravonlik qo‘llangani tasdiqlandi, biz bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusdamiz”, deya ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqeaga munosabat bildirgan koreys fuqarolari ham Immigratsiya xizmati xodimlari albatta jazoga tortilishi kerak degan talab bilan chiqqan.

Shuningdek, Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonlik talabalar Facebook guruhida Seuldagi O‘zbekiston elchixonasi nomiga elchixonaning musofir talabalar bilan ishlashdagi qoniqarsiz faoliyati xususida murojaatnoma e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют