» » O‘zbekistonda xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura uchun qabul boshlandi

O‘zbekistonda xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistratura uchun qabul boshlandi


Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetiga 2018/2019-o‘quv yili qabuli uchun qo‘shimcha kvotalar ajratildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur oliy o‘quv yurtlarida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlariga muvofiq magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 15 nafar talaba “Suv sifatni boshqarish” (Michigan universiteti, AQSH), “Intellektual datchiklar va texnologiyalar” (Michigan universiteti, AQSH),“Atrof-muhit muhofazasi” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha, Nitra shahridagi Slovakiya qishloq xo‘jaligi universiteti, Slovakiya) mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Toshkent davlat agrar universitetida Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti (Germaniya) bilan hamkorlikda “Agrar menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha 15 nafar talaba saralab olinadi.

Ushbu qo‘shma ta’lim dasturlari asosida magistrlar tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha hujjatlar 2018-yilning 10-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish respublika oliy ta’lim muassasalari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olib boriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSHning Vebster universiteti bilan hamkorlikda TESL — “Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish” akademik dasturi bo‘yicha bir yillik magistraturaga 100 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Vebster universitetining O‘zDJTUdagi magistraturasiga qabul joriy yilning 1-avgustidan 20-avgustiga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют