» » Tesla rekord miqdorda zarar ko‘rdi, Ilon Mask investorlar oldida uzr so‘radi

Tesla rekord miqdorda zarar ko‘rdi, Ilon Mask investorlar oldida uzr so‘radi


Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi 2018-yilning ikkinchi choragida rekord darajada zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Zarar miqdori 717,5 million dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Meduza.

Zarar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobarga ortgan.

Ammo Tesla asoschisi Ilon Mask investorlar bilan konferensiya chog‘ida kompaniya kelgusi chorakdayoq foyda ko‘rishini ma’lum qildi. Mask so‘zlariga ko‘ra Tesla Model 3 deb nomlangan elektromobillarini ishlab chiqarish hajmini oshirib, katta foyda ko‘rishni reja qilgan.

Mask, shuningdek, investorlardan may oyi boshlaridagi o‘tgan choraklik hisobotlari bo‘yicha berilgan savollarga javob berishdan bosh tortgani uchun uzr ham so‘radi. Ilon savollarga javob bermaganligini qattiq mehnatdan charchagani bilan bog‘ladi.

Maskning investorlar oldida chiqishidan so‘ng birjadan tashqari savdolarda Tesla aksiyalari narxi 9% ortdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют