» » Fransiyada o‘zbek qovuni va anoriga qo‘yilgan fitosanitar cheklovlar bekor qilindi

Fransiyada o‘zbek qovuni va anoriga qo‘yilgan fitosanitar cheklovlar bekor qilindi


Fransiyada Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston — Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama savdo aloqalarining hozirgi holati va bu boradagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ayni paytda O‘zbekistonning Fransiyaga xomashyo bo‘lmagan eksporti u qadar katta hajmlarga ega emas. Bu asosan mahalliy mahsulotlarning talabchan Yevropa bozorlariga chiqishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Biz standartlarimizni Yevroittifoq talablariga muvofiqlashtirish yo‘li orqali o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozorlariga chiqarishni maksimal darajada yengillashtirish uchun Yevropa Ittifoqi, jumladan, Fransiya bilan muzokaralar olib boryapmiz. Faqat shu yo‘l bilan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari eksportidagi mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqara olamiz”, deydi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Safar davomida Fransiya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi, Fitosanitariya departamenti, Agronomiya, veterinariya va o‘rmonchilik instituti mutasaddilari bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, mamlakat delegatsiyasi sarxil mahsulotlar ulgurji savdosi bo‘yicha dunyodagi eng yirik bozor — “Ranjis”da bo‘ldi. Bozor prezidenti L.Layani bilan muloqot chog‘ida o‘zbek mahsulotlarini Fransiyada ilgari surish maqsadida seminarlar o‘tkazish hamda akkreditatsiya masalalarida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

“Ranjis” rahbariyati mamlakat eksport salohiyatini o‘rganish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha Fransiyaning ilg‘or tajribasini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Parij janubida, Orli xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan “Ranjis” meva-sabzavot mahsulotlari savdosi bo‘yicha dunyodagi eng yirik ulgurji bozorlardan bo‘lib, 2017-yildagi tovar aylanmasi umumiy qiymati 9 milliard yevroga teng 3,5 million tonna turli oziq-ovqat mahsulotlarini tashkil etdi. Shundan 32 foizi eksportga yo‘naltirilgan.

Muzokaralar yakunida Fransiya qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘zbek qovunlari va anoriga qo‘yilgan fitosanitar cheklovlar olib tashlandi. O‘zbekistondan behi, xurmo, olxo‘ri, qorag‘at va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ushbu davlatga olib kirishga qo‘yiladigan karantin talablari ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют