» » Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tuzilma davlatlariga eksportini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi

Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tuzilma davlatlariga eksportini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi


Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Bryusselda bo‘lib, O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalasini muhokama qildi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya O‘zbekiston — Yevropa ittifoqi hamkorlik qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi. Brifing hamda Belgiya va Niderlandiya ishbilarmon doiralari bilan bir necha uchrashuv o‘tkazdi.

Yevropa ittifoqi O‘zbekistonning tuzilmaga a’zo davlatlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportini oshirish bo‘yicha qator loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash niyatida. Buning uchun O‘zbekistonda Yevroittifoqning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha qonunchiligi talabalariga to‘g‘ri keladigan sertifikatlashtirish tizimi yaratilishi lozim.

Ekspertlarga ko‘ra, mamlakatda Yevroittifoq tan oladigan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi nazorati tizimining yo‘lga qo‘yilishi o‘zbek mahsulotlarining Yevropa bozoriga eksporti uchun katta imkoniyatlar beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2018, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют