» » Andijonning Qorasuv shahrida shar’iy nikoh bilan yashayotgan 18 oilaning nikohi rasmiylashtirildi

Andijonning Qorasuv shahrida shar’iy nikoh bilan yashayotgan 18 oilaning nikohi rasmiylashtirildi


O‘zbekistonda 1—25 avgust kunlari “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz” mavzusida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash oyligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Andijon viloyatining Qorasuv shahrida olib borilayotgan ishlar xususida shahar hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nargiza Xolmatova O‘zA muxbiriga quyidagilarni ma’lum qildi.

— Qorasuv shahri qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh chekka hududlaridan biri. Shaharda mavjud 10 mahalla fuqarolar yig‘inida 9 mingdan ortiq oilada 34 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Oylik doirasida shahardagi notinch, ajrim yoqasida turgan, turli muammolari bo‘lgan oilalarni qayta xatlovdan o‘tkazish, mazkur oilalarda tinchlik-xotirjamlik, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olingan.

Notinch oilalar bilan olib borilayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Keyingi ikki oyda 34 notinch, ajrim yoqasidan turgan oilalardagi muammolar bartaraf etildi. Joriy yilning o‘tgan davrida shar’iy nikoh bilan yashayotgan oilalardan 18 tasining nikohi qonuniy rasmiylashtirildi.

Noqonuniy, erta turmush va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, ayollar jinoyatchiligi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan mana shunday holatlar qayd etilgan Paxtachi, Amir Temur mahallalarida targ‘ibot-tushuntirish ishlari kuchaytirilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, ayollar jinoyatchiligi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan keskin kamaydi.

Shahrimizda yashovchi K. ismli ayol hamshaharlari ishonchini suiiste’mol qilib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar pulini o‘zlashtirishga urinib, jinoyat sodir etdi. Tuzilgan ishchi guruh tomonidan ushbu holat joyiga borib tahlil qilindi, holatni keltirib chiqargan omillar o‘rganildi. Jinoyat sodir etgan ayol muhokama qilinib, unga nisbatan keng jamoatchilik, mahallaning ta’sir choralari ko‘rildi.

Mahallalarda jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, suitsid holatlari profilaktikasi, oila bilan bog‘liq qadim va o‘ziga xos qadriyatlar, ezgu urf-odat va an’analarni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarni olib borish yuzasidan ham aniq choralar belgilandi. Xususan, oilalar mustahkamligiga erishish, bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Eng yaxshi qaynona”, “Eng namunali kelin”, “Ibratli qaynota” singari tanlovlar, yosh kelin-kuyovlar, turmush qurish arafasidagi yigit-qizlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют