» » “Menga oyoq kiyim olib bergan qo‘shnilarimning to‘yida tekin xizmat qilyapman”. “Million” jamoasining sobiq vakili Shahlo Zoirova og‘ir o‘tgan bolaligi haqida (video)

“Menga oyoq kiyim olib bergan qo‘shnilarimning to‘yida tekin xizmat qilyapman”. “Million” jamoasining sobiq vakili Shahlo Zoirova og‘ir o‘tgan bolaligi haqida (video)


“Million” jamoasining sobiq, “Milliy Art” kulgu jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Intervyu davomida Shahlo Zoirova qiyinchiliklarga to‘la bolaligi haqida gapirib berdi.

Bolaligimda oyoq kiyimga pulim yetmagan, iqtisodiy jihatdan qiynalgan vaqtlarimizda qo‘shnilarimiz oyoq kiyim olib berardi. Qo‘shnilarim “Ol, Shahlo, bu senga, kiyib yuraver” der edi. Onam ko‘z yosh qilib, “Sizga buning pulini qanday qaytarib beramiz” deganlarida, qo‘shnilarimiz “Olavering, bu sizga, qizingizga”, deb hattoki pulini ham so‘ramas edi. Hozir endi shunaqa vaziyat bo‘ldiki, ulg‘ayganimdan so‘ng ularning to‘ylarida bir so‘m pul olmasdan, beminnat xizmat qilaman. “Menga pulingiz kerak emas, o‘shanda bizga juda ko‘p yaxshilik qilgansiz, ko‘ksimizdan itarmagansiz”, deya ularning qaysiki yaxshi kuni bo‘lsa xolajon, tog‘ajon deya xizmatlarida bo‘laman. Bu hayotda hech narsa besabab bo‘lmas ekan. O‘tgan kunlarimga behisob shukrlar qilaman.

Shahlo Zoirova, “Milliy Art” jamoasi a’zosi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют