» » O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi


O‘zbekiston hukumati bilan Afg‘oniston hukumati o‘rtasida yuklarni tranzit tashish to‘g‘risidagi bitim 2018-yilning 2-avgust kuni kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, bitim 2017-yilning 5-dekabr kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan.

Bitim tomonlarning ikki davlat hududi orqali yuklarni transit tashishni amalga oshirishdagi rasmiyatchiliklarni qisqartirish va mexanizmlarini belgilash bo‘yicha hamkorligi uchun huquqiy asos yaratadi.

Ushbu hujjat qoidalariga ko‘ra tomonlar bir-birlariga o‘z davlatlari hududlari orqali yuklarni tranzit tashish huquqini taqdim etadi hamda temir yo‘l orqali tranzit tashishda yuklar hajmining oldindan muvofiqlashtiruvini amalga oshiradi.

Hujjat yuklarni tashish borasida qulay sharoitlarni yaratishga, O‘zbekistonning trazit salohiyatini oshirish va ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yo‘naltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 137) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют