» » Jomboyda? rashk tufayli suiqasd sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Jomboyda? rashk tufayli suiqasd sodir etgan shaxs qo‘lga olindi


2018-yilning 27-iyul kuni soat taxminan 23:00 atrofida Jomboy tuman IIB navbatchilik qismiga xabar tushgan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumoti asosida xabar beradi.

Xabarga ko‘ra, o‘sha kuni soat taxminan 20:00 atrofida Jomboy tumanida yashovchi A.N. Jomboy tumani “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan “Zarafshon qo‘riqxonasi” hududida yo‘qolgan molini izlab yurgan. O‘sha vaqtda noma’lum shaxs tomonidan ov qurolidan otilgan o‘q natijasida A.N. olingan jarohatlari bilan Jomboy tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Mazkur suiqasd qilish jinoyati bo‘yicha jalb qilingan viloyat IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi va tuman IIB hamda prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani “Yerteshar” qishlog‘ida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan fuqaro A.M. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Gumondor A.M. bergan ko‘rsatmalariga asosan, 2018-yilning 27-iyul kuni soat taxminan 20:00 atrofida jabrlanuvchi A.N.ni “Zarafshon qo‘riqxonasi”ga kirib ketganligini ko‘rgan. Shu vaqtda A.M. o‘rtada bo‘lgan nizo uchun o‘ch olishni maqsad qilgan. Ya’ni A.M. unashtirilgan qizini nomiga dog‘ tushuruvchi gaplarni aytganligi sababli o‘ch olish maqsadida hech qanday hujjatlarsiz uyida saqlanayotgan ov miltig‘ini olib yonida bo‘lgan A.X. bilan birgalikda jabrlanuvchini qo‘riqxonadan chiqishini kutib turgan.

Jabrlanuvchi A.N. osma sim ko‘prik orqali qo‘riqxonadan mahallasiga o‘tayotgan vaqtida A.X.ning qarshiligiga qaramasdan gumonlanuvchi A.M. ov quroli bilan jabrlanuvchi A.N.ga tan jarohati yetkazgan.

Joriy yilning 2-avgust kuni gumonlanuvchi A.X.ning ko‘rsatmalari asosida voqea joyi tekshirilganda, “Zarafshon qo‘riqxonasi”dagi butalar orasidan ov miltig‘i ichidagi gilza hamda gumondorlar jinoyat sodir etgan vaqt davomida egnida bo‘lgan kiyimlari “Mirzaariq” kanali yoqasidagi o‘simlik orasidan daliliy ashyo sifatida topilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha A.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi va 248-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda himoyachi ishtirokida gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, Jinoyat Protsesual Kodeksining 227-moddasi tartibida qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют