» » O‘rtoqlik o‘yinlari. “Bavariya” “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi, “Atletiko M” “Shtutgart”ni yuta olmadi (video)

O‘rtoqlik o‘yinlari. “Bavariya” “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etdi, “Atletiko M” “Shtutgart”ni yuta olmadi (video)


Kecha, 5-avgust sanasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, Myunxenning “Bavariya” klubi Joze Mourinyo boshchiligidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuv taqdiri ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida myunxenliklarning ispaniyalik futbolchisi Xavi Martines tomonidan hal etildi. Ushbu gol o‘yin oxirigacha yagonaligicha qoldi.

Madridning “Atletiko” klubi esa “Shtutgart” bilan kurash olib borib, 1:1 hisobidagi durang natijasini qayd etdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari

5-avgust, yakshanba 

Gol: 1:0 – 59 Martines.

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Xummels (Boateng, 46), Alaba (Bernat, 56), Kimmix (Rudi, 72), Alkantara (Rafinya, 60), Martines, Robben, Riberi (Goretska, 46), Gnabri (Koman, 60), Myuller (Levandovski, 46).

“Manchester Yunayted”: De Xea (Grant, 78), Lindelef (Tuanzebe, 78), Darmian (Jons, 65), Shou (Mitchell, 78), Bayi (Smolling, 51), Fred (Chong, 79), Pereyra, Mata (Maktomini, 65), Errera (Garner, 82), Sanches, Rashford (Fosu-Mensa, 65).

Ogohlantirish: Boateng (69).

Gollar: 1:0 – 58, penalti Didavi, 1:1 – 60 Xoakin Munos.

“Shtutgart”: Siler, Insua (Sosa, 70), Maffeo (Gentner, 74), Badshtuber (Kempf, 74), Aogo (Mangalya, 82), Didavi (Akolo, 69), Kastro (Kopach, 88), Tommi (O‘zjan, 82), Baumgartl (Kaminski, 65), Gomes (Bek, 46), Gonsales (Donis, 74).

“Atletiko M”: Adan, Montero, Xuanfran (Garses, 46), Alberto Rodriges, Olabe (Solano, 60), Lemar (Karlos Isaak, 46), Jelson Martinsh (Xoakin Munos, 46), Rodri Ernandes, Korrea (Punyal, 69), Koke (Mollejo, 46), Saul (Fandinyo, 46).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют