» » Davlat idoralari tomonidan e'lon qilinishi shart bo‘lgan ochiq ma’lumotlar ro‘yxati tuzildi

Davlat idoralari tomonidan e'lon qilinishi shart bo‘lgan ochiq ma’lumotlar ro‘yxati tuzildi


Ochiq ma’lumotlar portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Ro‘yxat 2013—2020-yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining 7-sonli majlis bayoni 5-ilovasida keltirilgan.

Ro‘yxat bilan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining veb-saytida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2015-yildagi 232-son “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish chora­-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida Ochiq ma’lumotlar portalini shakllantirish belgilangan.

Qarorga asosan, mahalliy hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari o‘z rasmiy veb-saytlari va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadigan ma’lumotlarni vaqtida yangilanib borishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют