» » Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi salkam 38 foizga oshdi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi salkam 38 foizga oshdi


O‘zbekiston Qozog‘istondan pul jo‘natmalari hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Bu haqda “Ranking.kz” sayti xabar bermoqda, deb yozadi Spot.

Birinchi yarim yillikda Qozog‘istondan O‘zbekistonga 44,6 milliard tenge (127 million dollar atrofida) pul yuborilgan. Yil davomida o‘sish 37,9 foizni tashkil etdi. Qozog‘istondan tashqariga pul o‘tkazmalarida O‘zbekistonning ulushi 15,9 foizdan 16,8 foizga o‘sgan.

Pul jo‘natmalari bo‘yicha birinchi o‘rinni Rossiya egalladi — 108,6 milliard tenge (310 million dollar). Yil davomidagi o‘sish 27,4 foiz.

Yetakchilar uchligidan Turkiya ham joy olgan. U yerga 29,5 milliard tenge (84 million dollar) yuborilgan. Mamlakatning ulushi 7,3 foizdan 11,1 foizga o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют