» » Toshkentda PPX xodimlari falaj bolani tibbiy ko‘rikka olib borib keldi

Toshkentda PPX xodimlari falaj bolani tibbiy ko‘rikka olib borib keldi


Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Yelena Orrik ismli foydalanuvchi tomonidan murojaat chop etilib, unda bolalar tug‘ma falaji bilan og‘rigan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Novosibirskdan kelgan jarrohlar tekshiruviga bir bolani olib borib ko‘rsatishga yordam so‘ralgan edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bola buvilari qaramog‘ida bo‘lgani sababli uni yuqori qavatdan olib tushish muammo bo‘lgan.

Ushbu xabarga birinchilardan bo‘lib munosabat bildirgan IIBB xodimlari Vova ismli bolakayni PPX mashinasida shifokor ko‘rigiga olib borib keldi. Yo‘l-yo‘lakay unga shirinlik va mevalar ham olib berildi.

Vera Petrovna va uning singlisi Lyubov Petrovna — bolaning buvilari hamda internetda xabar qoldirgan Yelena ko‘rsatilgan yordam uchun IIBB hamda Yoshlar ittifoqi xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

“Shu kuni maxsus mashinada shaharni sayr qilgan Vladimir IIBB xodimlaridan yana uni ko‘rishga kelishlarini so‘radi. Biz yana albatta ko‘rishamiz, Vova!” deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют