» » Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiga yangi direktor tayinlandi

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutiga yangi direktor tayinlandi


Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimiga Dinara Makkambayevna Xashirbayeva tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xashirbayeva bunga qadar mazkur institut ilmiy kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Unga, birinchi navbatda, institutni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, kasb kasalliklarini oldini olish va erta aniqlash, unidiagnostikasi va davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqib, zamonaviy usullarni amaliyotga tatbiq etish, shu orqali sohada salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, u innovatsion ishlanma va texnologiyalardan foydalangan holda institutning ilmiy salohiyatini oshirish, O‘zbekistonda profpatolog mutaxassislarni tayyorlash, ularning ishini bugungi kun talabidan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida sanitariya qoida va me’yorlarni ishlab chiqish kabi muhim yo‘nalishlarga ham mas’ul etib belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют