» » Ravshan G‘ulomov Davlat raqobat qo‘mitasi raisligidan ketdi

Ravshan G‘ulomov Davlat raqobat qo‘mitasi raisligidan ketdi


Ravshan G‘ulomov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” sobiq rais qabulxonasiga tayanib.

Ravshan G‘ulomov (1968-yilda tug‘ilgan) 2017-yil aprelidan buyon Davlat raqobat qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 1992-yilda Toshkent davlat universitetini, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.

1992—2004-yillarda Markaziy bankda ishlagan, 2001-yilda Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘lgan. O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari va “Asaka” bank raisi (2004—2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009—2010), Iqtisodiyot vaziri (2010—2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lib ishlagan.

Ravshan G‘ulomov Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash,  bank va moliya tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga rahbar bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют