» » Tohir Malik: Bugun kopchilik yoshlar mustaqillikning asl mazmunini his etmaydi

Tohir Malik: Bugun kopchilik yoshlar mustaqillikning asl mazmunini his etmaydi


Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy ekoparkida Ozbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik adabiyotga qiziquvchi, faol yoshlar bilan ijodiy uchrashuv otkazdi.Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Madaniyat vazirligi hamda Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligidagi otkazilgan Kitobga muhabbat nomli ijodiy uchrashuvda adib adabiyot, uning inson ruhiyatiga tasiri, sanat turlari bilan ozaro bogliqligi borasidagi fikrlari bilan ortoqlashdi.

Oddiy bir gola agar ustasining qoliga tushsa, gozal bir sanat asariga aylanadi. Ikkinchi bir duradgor esa undan bolta sopidan boshqa narsa yasay olmaydi, u ham kerakli narsa, albatta. Adabiyot va sanat ham xuddi shunday narsa. Adabiyot chamani, sanat gulshani keng va unda har xil gullar bilan birga chirmovuqlar, tikanaklar ham bor. Hamma tabiga qarab tanlayveradi, albatta, dedi Tohir Malik.

Shuningdek, yozuvchi yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami, uning hayotimizdagi orni borasida ham toxtalib otdi.

Bugun kopgina yoshlarimiz mustaqillikning asl mazmunini his etishmaydi. Mustaqillik bu bir kun oynab, xursand bolib otkazadigan kun emas. Bu kunlar bizni jinday ortga nazar solishga undashi va otmishda qolgan azobli kunlarni eslatishi kerak. Shunda biz, bu kunning qadriga yetamiz. Hozir dasturxon tokin. Lekin aholisi bir qultum suvga, bir tishlam nonga zor bolgan mamlakatlar ozmunchami?! Har bir narsaning shukronasini aytish shart. Mustaqillik osmondan tushgani yoq. Buning tolovini ajdodlarimiz qoni bilan tolaganini qanday unutib boladi?!Tarixni qoyaturing hali. Erkinlik, istiqlol deb fido bolganlar haqqi-hurmati bu kunni har birimiz qalbimizda uni har tong qarshi olib yashamogimiz darkor. Shunda Vatan nima, vatanparvar qanday boladi buni his qilishni organamiz. Ayni kunlarda ham bizning hayotimizdek tinch, osudalikni orzu qilib yurgan qancha mamlakatlar va millionlab odamlar bor. Siz, yoshlar ana shularni bilishingiz va tengdoshlaringizga tushuntirishingiz lozim.

Tohir Malik

Uchrashuvda yoshlarning adabiyotning eng sara, durdona asarlarini oqish, ulardagi muallifning sozga bolgan nuktadonligini his etish uchun nimalarga etibor qaratish kerak kabi savollariga adib tomonidan batafsil javob berildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (8-08-2018, 21:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -