» » O‘zbekistonda 2018-yilning ilk to‘rt oyida 58 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

O‘zbekistonda 2018-yilning ilk to‘rt oyida 58 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi


Toshkentda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida yangilanish, modernizatsiya va istiqbolli hamkorlik masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari va soha xodimlari ishtirok etdi.

Ayni paytda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha hududiy gaz ta’minoti idoralarining faoliyatini yaxshilash borasida samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Shunga qaramasdan aholi o‘rtasida kuz-qish mavsumining kirib kelishi bilan nostandart, qo‘lbola va avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lmagan isitish qozonlaridan foydalanish hamda gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari ko‘plab uchramoqda.

O‘tgan yillar kuz-qish mavsumida dudburonlari nosoz bo‘lgan isitish qozonlari va uskunalardan foydalanilishi natijasida ko‘plab insonlarning is gazidan zaharlanish holatlari ro‘y bergan.

2017-yilda O‘zbekiston bo‘yicha 81 ta is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan bo‘lib, unda 83 nafar fuqaro vafot etgan, 110 kishi jabrlangan. 2018-yilning yanvar—aprel oylarida sodir bo‘lgan is gazidan zaharlanish holatlarida 54 nafar fuqaro jabrlangan, 58 fuqaro vafot etgan.

“O‘ztransgaz” AJ iste’molchilarga belgilangan tartib asosida tabiiy hamda suyultirilgan gazni uzluksiz, xavfsiz yetkazib berish ishlarini ijobiy hal etgan. Ishlab chiqilgan mexanizm eng chekka hududlarni qamrab olgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.

Ayni paytda mamlakat bo‘yicha 3 million 353 ming xonadonga tabiiy gaz, 3 million xonadonga esa suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Iste’molchilar o‘rtasida tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют