» » Toshkentdagi “Bo‘rijar” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Toshkentdagi “Bo‘rijar” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi


8-avgust kuni Toshkent shahridagi “Bo‘rijar” (“Ilonlik ota” mahallasi) jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Asr namozidan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov jamoatga Alixonov Mirzatillo Abdullajon o‘g‘lini “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.

Alixonov Mirzatillo Abdullajon o‘g‘li bungacha Toshkent shahar “Tepa” jome masjidi imom noibi vazifasida faoliyat yuritgan hamda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat bo‘limida xizmat qilib keladi.

O‘MI eslatishicha, yaqinda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Abdukarimov Husniddin Chilonzor tumani bosh imom-xatibi va “Bo‘rijar” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida faoliyat yuritgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют