» » Meizu sentabrdayoq Meizu 16 flagman liniyasiga tegishli yana bir smartfonni chiqaradi

Meizu sentabrdayoq Meizu 16 flagman liniyasiga tegishli yana bir smartfonni chiqaradi


8-avgust kuni taqdim etilgan Meizu 16 va Meizu 16 Plus kompaniyaning barmoq izi skaneri ekranga o‘rnatilgan ilk smartfonlari bo‘ldi, deb yozadi Tom’s Hardware. Ammo kompaniya yaqinda yana bir yangi smartfonni bozorga chiqarmoqchi, u Meizu rahbari Jek Vongning so‘zlariga ko‘ra, Meizu 16X deb nom oladi.

Bungacha Jek Vong kompaniyaning Meizu 8X nomli smartfon chiqarish rejalari haqida gapirib, u Snapdragon 710 chipsetiga asoslanishini aytgan edi. Biroq Xitoy kompaniyasi Meizu 8X’ni Meizu 16 flagman liniyasiga qo‘shib, uni Meizu 16X nomi ostida chiqarishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Meizu rahbari aniqlik kiritishicha, Meizu 16X shu yil sentabridayoq taqdim etiladi. U kompaniyaning ilk “qoshli” smartfoniga aylanadi va yirik displeyga ega bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, uning narxi 1500—2000 yuan (220—290 dollar) atrofida bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют