» » Yangiqo‘rg‘onda Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi

Yangiqo‘rg‘onda Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tuman hokimligida shu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Prezidentning Davlat maslahatchisi Umar Ismoilov, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov ishtirok etib, ishchi guruh oldida turgan vazifalarga to‘xtaldi. Tumanni o‘rganish chog‘ida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar qayd etib o‘tildi.

Respublika ishchi guruhi tarkibiga Prezident devoni, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom sivilizatsiyasi markazi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va OAV vakillari kirdi.

— Ular safiga viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari ham biriktirilib, jami 12 ta ishchi guruh tashkil etildi, — deydi tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Fayzullo Samadov. — Mazkur guruhlar tumandagi 71 ta mahallani 6 tadan bo‘lib olib, xonadonma-xonadon yurishni boshladi. Har bir guruhda shtab tashkil etilgan bo‘lib, o‘rganishlar davomida duch kelingan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar umumlashtirilib, tuman hokimligida tuzilgan markaziy shtabga yetkaziladi. Markaziy shtab esa ularni tegishliligicha tuman, viloyat va respublika miqyosiga ajratadi hamda tegishli tartibda hal etish choralarini ko‘radi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют