» » Yangiqo‘rg‘onda ko‘tarilgan muammolarning yarmi deputat va senatorlar tomonidan joyida hal etildi

Yangiqo‘rg‘onda ko‘tarilgan muammolarning yarmi deputat va senatorlar tomonidan joyida hal etildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolaridan iborat ishchi guruh Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida ish boshladi. Bu haqda Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganish jarayonida tumandagi 1000 ga yaqin xonadonda bo‘lib, aholining shikoyat va takliflari o‘rganildi. Muloqotlar davomida turli yo‘nalishlardagi 426 ta muammo ko‘tarildi. Ulardan 210 tasi deputatlar va senatorlar tomonidan joyida hal etildi.

Jumladan, Qonunchilik palatasi deputati Ibrohim Hojiyev “Birlik”, “Tinchlik” va “Hadikent” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xonadonlarda bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida qariyb yuzga yaqin fuqaro bilan suhbatlashildi. “Birlik” mahallasida yashovchi Muhabbat Parpiyeva mahalla hududida 3—4 yildan beri tabiiy gaz bo‘lmasa-da, “Yangiqo‘rg‘on tumangaz” filiali tomonidan hududdagi xonadonlarga 98 million so‘m qazdorlik hisoblanganidan shikoyat qildi. Masalaga oydinlik kiritish va yuqoridagi muammoni hal etish filial rahbari Otabek Ubayevga havola etildi va bajarilishi nazoratga olindi.

Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat To‘xtaboyev sa’y-harakatlari bilan G‘ovazon qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Dilshoda Qayumova maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashtirildi. Hojiakbar Halilovga issiqxona barpo etish uchun “Mikrokreditbank” tuman filiali tomonidan 4,3 million so‘m kredit ajratildi.

Ishchi guruh tomonidan to‘plangan materiallar xalq deputatlari Yangiqo‘rg‘on tuman kengashi sessiyasida tanqidiy muhokama etildi. Sessiyada Qonunchilik palatasi deputati Akmal Rahmonovning o‘rganish natijalari yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Ma’ruzada, xususan, tumandagi ko‘p qavatli uylarning aksari tomi mukammal va joriy ta’mirga muhtojligi, 20 ga yaqin maktabgacha ta’lim muassasasi moslashtirilgan binoda faoliyat yuritishi, bir qator maktablarda qo‘shimcha bino qurishga ehtiyoj mavjudligi qayd etildi.

Tuman tibbiyot birlashmasiga tor doiradagi shifokorlar yetishmaydi. Deyarli barcha QVPlarda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlashda muammolar mavjud.

Hududga yuqori kuchlanishli transformator o‘rnatishga ehtiyoj sezilmoqda. Davlat ahamiyatidagi yo‘llarning 14,8, mahalliy yo‘llarning 12,5 kilometri ta’mirga muhtoj.

Ma’ruzada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi, prokurori va IIB boshlig‘ing hisobotlari tinglandi. Faoliyati tanqidiy baholangan mutasaddilardan mas’uliyat talab etildi.

Sessiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют