» » Deputatlar Uychi tumanidagi odamlar ko‘p to‘planadigan markaziy ko‘chalarda avtoturargoh tashkil etilmaganini qayd etdi

Deputatlar Uychi tumanidagi odamlar ko‘p to‘planadigan markaziy ko‘chalarda avtoturargoh tashkil etilmaganini qayd etdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolaridan iborat ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatining Uychi tumanida bevosita xonadonlarda aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Deputatlar o‘rganish o‘tkazilgan kunlarning har birida o‘rtacha 600 dan ortiq xonadonda bo‘ldi. Ko‘tarilgan masalalarning yarmidan ko‘pi joyida, qisqa muddatlarda hal etildi.

Masalan, “Pastguzar” MFY, Chorvador ko‘chasi 9-uyda yashovchi Muxtorjon Ergashevga ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatildi. “Umid” MFY, Yog‘du ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro Shirmon Tolqanovaning arizasi esa yakka tartibda uy qurish uchun kimoshdi savdosida qatnashish uchun ro‘yxatga olindi. “Gulzor” mahallasida yashovchi Turg‘unjon Jo‘rayev tomonidan moddiy yordam so‘rab yo‘llagan murojaat o‘rganib chiqildi va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘iniga tavsiya berildi.

Ishchi guruh a’zolari tuman ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Tuman IIB YHX guruhi inspektorlari bilan suhbatlashilganda, ular o‘z faoliyatiga oid bir qator qonunlar bilan tanish emasligi, ish joyida mazkur qonunlar umuman yo‘qligi, shuningdek, fuqarolar qabulini tashkil etishga oid hujjatlar yuritilmagani ma’lum bo‘ldi.

YHX guruhi tarkibi atigi 2 nafar inspektordan iboratligi esa tuman yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashni qiyinlashtirmoqda. Tuman hududidagi markaziy ko‘chalarga yo‘l belgilari lozim darajada o‘rnatilmagan, piyodalar o‘tadigan chorrahalarda yo‘l chiziqlari chizilmagan. Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda avtoturargoh tashkil etilmagan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют