» » Deputatlar Bo‘ka tumani maktablarida o‘qituvchilar yetishmasligini aniqladi

Deputatlar Bo‘ka tumani maktablarida o‘qituvchilar yetishmasligini aniqladi


Toshkent viloyatidan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari viloyatning Bo‘ka tumanida iqtisodiy-ijtimoiy holat bilan tanishdi, aholi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, talab va istaklarini o‘rgandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘rganish jarayonida tumandagi umumta’lim maktablarida 39 nafar o‘qituvchiga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. 2004—2009-yillar davomida davlat dasturiga asosan tumandagi 49 ta umumta’lim maktabida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan bo‘lsa-da, bir qator ta’lim muassasalarida ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmay qolganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, kompyuter texnikasi bilan jihozlanmagan hamda internet tarmog‘iga ulanmagan bir qator ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlandi.

Deputatlar ta’lim sohasidagi kamchiliklarni o‘rganish bilan birgalikda aholi ijtimoiy hayoti bilan ham tanishmoqda.

Tumandagi “Qo‘ldiroq” mahallasida istiqomat qiluvchi 80 yoshli nuroniy Tojiqul O‘rinboyev mahallada nonvoyxona va keksalar maskani barpo etish taklifini bildirgan edi. Ushbu taklif tuman hokimligi mutasaddilari bilan o‘rganib chiqildi va tez kunlarda ijobiy hal etishga qaror qilindi.

Odiljon Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Опубликовано: admin (10-03-2017, 12:30)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют