» » Quva tumanida aholi tomonidan ko‘tarilgan 283 ta masala deputatlar tomonidan joyida hal etildi

Quva tumanida aholi tomonidan ko‘tarilgan 283 ta masala deputatlar tomonidan joyida hal etildi


Xalq deputatlari Quva tuman kengashining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar guruhining o‘rganish natijalari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi mavjud vaziyat tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ishchi guruh xonadonlarda, ko‘pgina ijtimoiy obyektlar va maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida bo‘lib, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni, ularning talab hamda istaklarini yaqindan o‘rgandi. O‘rganish va muloqotlar davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarning 283 tasi tegishli mutasaddi tashkilot va tuman hokimligi yordamida joyida hal etildi.

Deputatlar tomonidan asosiy e’tibor tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori vositalari bilan ta’minlanish darajasi, ushbu sohadagi qonunchilikni hayotga tatbiq qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.

Tumandagi 18 ta QVP ta’mirtalab ahvolda ekani, ba’zi muassasalarda toza ichimlik suvi hamda elektr ta’minotidagi uzilishlar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, deputatlar aholini patronaj xizmati bilan qamrab olinishi, tibbiyot maskanlarining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, laboratoriya-tashhis jihozlarining bugungi kun talablariga javob berishi kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

Sessiyada tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tegishli idoralar rahbarlarining axborotlari tinglandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют