» » Qashqadaryolik ayol ichida 3 ming dollar puli va 116 mln so‘mlik zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlatdi

Qashqadaryolik ayol ichida 3 ming dollar puli va 116 mln so‘mlik zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlatdi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi S.A. ismli ayol 28-iyul kuni yirik miqdordagi o‘g‘irlikka duch kelgani yuzasidan IIBga murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Murojaatchiga ko‘ra, 25 iyul kuni noma’lum shaxslar “Ko‘ktosh Baraka” MChJ buyum bozori hududida u tomondan qarovsiz qoldirilgan, ichida 3 000 AQSh dollari va umumiy qiymati 116 million 348 ming so‘mlik zargarlik buyumlari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni yashash va ishlash joyini tayini bo‘lmaganlar ayollar M.A. va Z.B. hamda Surxondaryo viloyatida yashovchi ayollar Yu.X. va D.R. sodir etganliklari aniqlandi.

Ular qo‘lga olindi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют