» » AQShda giyohvand moddalarni sotishda gumon qilingan milliarder hibsga olindi

AQShda giyohvand moddalarni sotishda gumon qilingan milliarder hibsga olindi


AQShning Las-Vegas shahrida Broadcom kompaniyasi asoschilaridan biri, milliarder Genri Nikolas III hibsga olindi. Bu haqda Los Angeles Times’ga tayanib, News Liga xabar bermoqda.

Milliarder bir qator giyohvand moddalari — geroin, kokain, metamfetamin va ekstazini sotishda gumon qilinmoqda.

Giyohvand moddalar politsiya xodimlari tomonidan mehmonxona nomeridan topilgan. Politsiyani mehmonxona qo‘riqlash xizmati chaqirgan. Shuningdek, politsiya milliarderning hamrohi — Eshli Fargo ismli ayolni ham hibsga olgan. Keyinroq ularning ikkisi ham garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

Milliarderning advokati Devid Chesnoff uning jamoasi o‘z tergovini olib borishini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют