» » YuNISEF Shavkat Mirziyoyevning bolalar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha nutqini yuksak baholadi

YuNISEF Shavkat Mirziyoyevning bolalar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha nutqini yuksak baholadi


YuNISEF O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan uchrashuvida bolalar va yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish chora-tadbirlariga alohida e’tibor qaratganini yuksak baholaydi. Bu haqda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlat sifatida, O‘zbekiston reabilitasiya va reintegrasiya jarayonlari voyaga etmagan bolalarning manfaatlarini albatta e’tiborga olgan holda adliya tizimida tegishli islohotlarni olib boradi. Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mita jinoyatchilikning ijtimoiy ildizlarini izlash zarurligini ta’kidlaydi. U davlat va jamoatchilikning turli darajalarida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha har tomonlama jihatlarni o‘z ichiga olgan dasturlarni taklif etadi”, — deyiladi xabarda.

Tashkilot Prezident tegishli davlat idoralarini yoshlar sodir etgan jinoyatlarni tahlil qilishga, ularning sabablarini aniqlashga va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga da’vat etganini e’tiborga loyiq deb topdi.

“Bolalar turli sabalarga ko‘ra jinoyat sodir etishlari yoki huquqbuzarlikka qo‘l urishlari mumkin. Xalqaro tadqiqitlarning natijalari ko‘rsatishicha, bunday bolalar zo‘ravonlik, haqorat, mensimaslik va ekpluatasiya singari holatlar mavjud bo‘lgan muammoli oila muhitidan bo‘ladilar. Shu bois himoyaga muhtoj bolalarning muammolarini hal etish juda muhimdir.

Global amaliyot shuni tasdiqlaydiki, jinoyatchilikning oldini olish dasturlari huquq-tartibot idoralari tomonidan emas, balki ijtimoiy himoya organlari tomonidan olib borilganida samaraliroq bo‘ladi. YuNISEF tegishli vazirliklar va idoralarga bolalar uchun adliya tizimini mukammallashtirishda xalqaro normalar va standartlarga muvofiq ravishda texnik yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bayon etadi”, — deyiladi xabarda.

“Muvaffaqiyatli ravishda voyaga etmaganlar orasidagi jinoyatchilikning oldini olish erta bolalikdan boshlab o‘smirlarning har tomonlama barkamol bo‘lishlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar butun jamiyat va davlat tizimi tomonidan qilinishini taqozo etadi”, — dedi Sascha Graumann, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari. “Yoshlar jamiyat hayotida faol rol o‘ynash uchun imkoniyatlarga ega bo‘lishlari lozim, hamda ularga jamiyat rivojiga hissa qo‘shadigan shaxslar sifatida qarash kerak”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют