» » Surxondaryoda kanal rekonstruksiyasi uchun 16 mingdan ortiq daraxt kesiladi

Surxondaryoda kanal rekonstruksiyasi uchun 16 mingdan ortiq daraxt kesiladi


O‘zbekiston Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi saytida Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyati suv resurslarini boshqarishni yaxshilash (Hazarbog‘—Oqqopchig‘ay kanallari tizimini qayta tiklash)” investitsiya loyihasini amalga oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Loyiha doirasida irrigatsiya kanallarini qurish va qayta tiklashga to‘sqinlik qilayotgan 16 716 dona Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtni istisno tariqasida haq to‘lamasdan kesiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latovga Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar kesilishi natijasida olinadigan yog‘och mahsulotlarini tayyorlov va savdo tashkilotlari orqali belgilangan tartibda realizatsiyasini ta’minlash yuklatiladi.

Yog‘och mahsulotlarining realizatsiyasidan tushgan mablag‘larning 50 foizi mahalliy budjetga viloyatda atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlar uchun, qolgan 50 foizi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют