» » Innovatsion mahsulot muallifiga uni sotishdan tushgan daromadning 10 foizi taqdim etiladi

Innovatsion mahsulot muallifiga uni sotishdan tushgan daromadning 10 foizi taqdim etiladi


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Unga muvofiq, innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni Prezident tomonidan 5 yil muddatga tasdiqlanadigan Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish davlat dasturi belgilab beradi.

Ilmiy va innovatsion faoliyatni moliyaviy ta’minlash maqsadida:

Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriluvchi innovatsion loyihalar ijrochilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari uchun innovatsion loyihalarni moliyalashtirish umumiy hajmidan mablag‘larning kamida 10 foizini zaxira qilib qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, innovatsion mahsulot muallifiga yuridik shaxsdan yil yakunlariga ko‘ra, ushbu mahsulotni sotishdan tushgan sof daromadning kamida 10 foizi miqdorida mukofot puli berilishi ko‘zda tutilgan. Bu sotish boshlangan vaqtdan buyon 5 yil davomida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют